Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4537-sonli “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida “Zamonaviy maktab”larni baholash jarayonini tashkil etish bo‘yicha xalqaro tajriba, milliy tizimdagi holat o‘rganildi hamda loyihaning konsepsiyasi tasdiqlandi. Shu bilan birgalikda, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar, tartib va metodikalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 2020-yilda ishlab chiqilgan talablar, tartib va metodika asosida respublika bo‘yicha 11 ta maktabda aprobatsiya o‘tkazildi. 2021-yilda esa yana 42 ta maktabda aprobatsiya o‘tkazildi, talablar takomillashtirildi, iyul oyi oxiriga qadar sertifikat berish rejalashtirilgan.
Veb-sayt | http://www.zm.uz |
---|---|
Qo'shimcha ma'lumot | |
Saytga havola |