Darslik va o‘quv-metodik majmualarini yaratish jarayonlariga mutaxassislar shartnoma asosida ishga qabul qilinadi

23 Февраль 2021
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi «Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar» to‘g‘risidagi qarori bilan Xalq ta’limi vazirligiga umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini tayyorlashi bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Respublika ta’lim markazi mazkur darslik va o‘quv metodik majmualarni xato va kamchiliklarsiz, sifatli nashrga tayyorlash maqsadida

✅ muharrir,

✅ musahhih,

✅ tarjimon,

✅ rassom,

✅ dizayner,

✅ darslik sahifalovchi mutaxassislarni hamda

✅ rus tili yo‘nalishida tahsil olgan ijtimoiy, aniq va tabiiy hamda amaliy fan mutaxassislarini fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida ishga taklif etadi.

Nomzodlar 2021 yilning 1 mart sanasiga qadar rtalimmarkazi@gmail.com elektron pochtasi orqali quyidagilarni yuborishlari so‘raladi:

✅ Nomzod ish tajribasi hamda qaysi jarayonda qanday mutaxassislik bo‘yicha ishlamoqchi ekani haqida ma’lumot;

✅ Rezyume;

✅ Pasport va diplom nusxalari.

Ish tajribasi: 3-6 yil

Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani Ziyo 6-A uy

Telefon: +(998)93 183 50 70

Tanlov asosida saralab olingan yuqori tajriba va malakaga ega mutaxassislar munosib ish haqi va qulay sharoit bilan ta’minlanadi.

info@maktab.uz
@329_maktab
@329maktab
/329_maktab